Fikrlar
Bunyodkorlardan iqtiboslar
Profillarda keltirilgan hayotiy prinsip, maqsad va yoshlarga tavsiyalardan tanlangan fikrlar.
“
Hech qachon o‘rganishdan to‘xtamang. Xorijiy tillarni egallash orqali o‘z kelajagingiz va imkoniyatlaringiz chegarasini kengaytiring!

Sattorova Sabrina Olim qizi
Profilni o‘qish →
“
Natija darhol kelmasa ham, harakatni to‘xtatmaslik kerak.

Umarova Shabnam Abduvoxid qizi
Profilni o‘qish →
“
Muvaffaqiyat — omad yoki tasodif emas, u har kunlik intizom va mehnat mahsuli. Boshqalar to‘xtagan joyda yana bir qadam oldinga yurishga kuch topa olish — seni ulardan ajratib turadigan eng katta ustunligingdir.

Samandar Abdurashidov Abdulaziz o‘g‘li
Profilni o‘qish →
“
Orzu qilishdan qo‘rqmang. Tinimsiz harakat qiling va ishoning. Ishonch bilan harakat qilgan inson albatta orzulariga erishadi.

Abdulvohidova Matluba Kamoliddin qizi
Profilni o‘qish →
“
Orzu qilishdan qo‘rqmang. Har bir katta natija kichik qadamdan boshlanadi. O‘zingizga ishoning, maqsadingiz sari harakat qiling va hech qachon o‘rganishdan to‘xtamang.

Sattorova Kamola Olimjon qizi
Profilni o‘qish →
“
Bizga ‘o‘qi’ deb buyurgan Zot bir kun ‘nega o‘qimading?’ deb ham so‘raydi.

Qo‘chqarova A’loxon Qahramonjon qizi
Profilni o‘qish →
“
O‘zingizga ishoning, xato qilishdan qo‘rqmang va hech qachon ‘men uddalay olmayman’ degan fikr bilan imkoniyatingizni cheklamang. Har bir katta yutuq birgina kichik qadamdan boshlanadi.

Ismailjanova Kamila Qaxramon qizi
Profilni o‘qish →
“
Har kuni kechagidan kuchliroq bo‘lishga intiling. Chunki muvaffaqiyat izchil harakat qilgan yoshlarnikidir.

Boymurodova Feruza Jumanazar qizi
Profilni o‘qish →
“
Kecha siz havas qilgan odamlar bugun sizga havas qiladi! O‘z imkoniyatlaringizni cheklamang va katta orzu qilishdan qo‘rqmang.

Islomjonova Munisa Isroiljon qiz
Profilni o‘qish →
“
Ilm oling. Chunki go‘zallik e’tibor tortadi, boylik imkoniyat yaratadi, ammo ilm — ikkalasini ham boshqarishga aql beradi.

Umidaxon Maripova Mansurjon qizi
Profilni o‘qish →
“
Atrofdagi har bir ish, har bir narsa biz uchun tajriba. Biz kunikamiz, moslashamiz, o‘rganamiz. Hayot, jamiyat bizga kup narsalarni o‘ rgatadi. Shuning uchun doim izlaning, o‘rganing, aslo tuxtab qolmang.

Mamazoxidova Gulsanam Xayrullo qizi
Profilni o‘qish →
“
Hech qachon o‘sish va rivojlanishdan to‘xtamang. Yiqilishlar bo‘lsa ham sabr bilan davom eting. Ko‘proq kitob o‘qing, chunki kitob eng yaxshi do‘st. Har bir ma’lumotga ko‘r-ko‘rona ishonmasdan, ishonchli manbalarga tayaning.

Akbaraliyeva Nargizaxon Zarifjon qizi
Profilni o‘qish →
Ko‘proq hikoyalar
